Bugun Qirgiziston Respublikasining O’sh davlat universiteti rektori Kojobekov Kudayberdi Gaparaliyevich boshchiligidagi delegatsiya O’zbekiston Milliy Universitetiga tashrif buyurishdi.
Delegatsiyani Xalqaro aloqalar bo’yicha prorektor Raima Shirinova va rektorat tashkiliy xizmat bo’limi boshlig’i Azizjon Aripov kutib oldilar.
Uchrashuvda ikki universitet o’rtasidagi uzoq yillik hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etish, o’qituvchilar va talabalar akademik mobillik dasturlarini ko’paytirish va birgalikda barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘lida hamda ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan turli xalqaro tadbirlar va xalqaro konferensiyalar tashkil qilish to’g’risida fikrlar bildirildi.
Tashrif davomida O’sh davlat universiteti rektori akademik mobillik bo’yicha O’zMUda tahsil olayotgan Qirg’izistonlik talabalar bilan uchrashdi.
Uchrashuv mobaynida talabalar O’zbekiston va O’zbekiston Milliy Universitetida o’qish va egallagan ko’nikmalari haqida taasurotlari bilan bo’lishishdi.