Moskva Davlat universiteti hamda O‘zbekiston Milliy universiteti o‘rtasida tuzilgan memorandumga asosan Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti kafedra mudirlari hamda professor-o‘qituvchilari MDUda bo‘ldilar.
O‘zMU vakillari tomonidan Moskva Davlat universiteti prorektorlari, Geologiya fakulteti dekani bilan qator kelishuvlarga erishildi. Ikki tomon o‘rtasida kelgusida professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, goelogiya sohasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar natijalari bo‘yicha hamkorlik shartnomalari imzolandi. Shuningdek, ta’kidlash joizki, ushbu hamkorlik doirasida Barqaror rivojlanish maqsadlarining SDG-4-5-9-12-13-15 indikatorlari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda ma’lumotlar almashinuvi ko’zda tutilgan.
Endilikda O‘zMUning geolog talabalari Moskva Davlat universiteti Geologiya fakultetiga qarashli Qrim va Ural o‘quv dala amaliyot bazalarida amaliyotlarini o‘tashlari uchun imkoniyat yaratiladi.
Shuningdek, MDU Geologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va talabalari O‘zMU hamda universitetga tegishli o‘quv dala amaliyot bazalarida o‘z tajribalarini almashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.