Avval xabar berganimizdek, O’zbekiston Milliy universiteti va Parij Shimoliy Sorbonna universiteti o’rtasidagi memorandumga muvofiq mazkur universitet tadqiqotchisi Katrin Eme chet tillarini o’rganishda resurslardan foydalanish bo’yicha seminar o’tkazib kelmoqda.
Navbatdagi seminar O’zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markazi noyabr oyi «Filologiya va tillarni o’qitish: ingliz tili» tinglovchilari uchun joriy yilning 13 noyabr kuni bo’lib o’tdi.
Seminarda professor-o’qituvchilarga ingliz tilida rasmiy resurslardan foydalanish, yo’nalishlar bo’yicha ishlash va resurs menejment xususida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek ma’lumotlardan foydalanishdan mualliflik huquqini buzmaslik choralari hamda o’qituvchining ijodiy yondashuvi ko’rsatib o’tildi. Tinglovchilar resusrlar to’g’risida o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Seminar yakunida chet tili o’qituvchilari uchun foydali bo’lgan ma’lumotlar bazasi va saytlar ro’yxati tinglovchilarga tarqatildi.