Bilimlar bellashuvi
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetida milliy qadriyatlar, odob-axloq, o`zaro tenglik adolar tushunchalarini talabalar hayotiga yanada singdirish hususida bir qancha ishlar olib borilmoqda. Buning natijasi sifatida Ijtimoiy fanlar fakultetida yoshlarni madaniyat, milliy qadriyatlar ruxida tarbilash, ular o`rtasida o`zaro odob-axloq tushunchalariga jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan to’g’ri foydalanish ko’nikmasini shakllantirish,talaba yoshlar o’rtasida siyosiy-huquqiy bilimlarini yanada oshirish maqsadida Siyosatshunoslik yo’nalishi 1-kurs talabalari o’rtasida “Bilimlar bellashuvi” o’tkazildi.
Ushbu bellashuvda «Adolat» va «Al qonun» jamoalarining egallagan bilimlari kafedra professor-o’qituvchilari K.Mirzaahmedov, G.Isanova, J.Mirzavaliyev, L.Rizayevalardan tashkil topgan hay’at a’zolari tomonidan xolis baholab borildi.
Siyosatshunoslik kafedrasi dotsenti Enaxon Nishanbayeva tashabbusi bilan o’tkazilgan ushbu tadbir talaba-yoshlarda siyosiy-huquqiy ta’limotlar, etika estetika, milliy qadriyatlar hamda tarixi fanidan olgan bilimlarni yanada mustahkamlash hamda kitobxonlik madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.