Germaniyaning Yetakchi Universitetlari Bilan Hamkorlik Aloqalari

22-mart kuni Oʼzbekiston Milliy universiteti xalqaro aloqalar boʼyicha prorektor Raima Shirinova va strategik rivojlantirish va xalqaro reyting boʼlimi boshligʼi Gulasal Rofievalar xalqaro reyting sohasida Yevropaning yetakchi universitetlari tajribasi, universitetni transformatsiya qilishda xalqaro malaka va talablarni oʼrganish maqsadida Germaniyaning Leybnits nomidagi Gannover universitetiga tashrif buyurdilar.

Hamkor universitet bilan talabalar almashinuvi, 2024-yilda magistraturada qoʼshma ta’lim dasturini yoʼlga qoʼyish, talabalar yozgi maktabini hamkorlikda oʼtkazish, universitetni reytingda qatnashish strategiyasi bilan tanishish kabi bir qator masalalarni muhokama qildilar.

Shuningdek, universitetning tuproqshunoslik, biologiya, ekologiya boʼyicha ilgʼor va zamonaviy yoʼnalishdagi ilmiy laboratoriyalari bilan tanishdilar. Qoʼshma ta’lim dasturini yoʼlga qoʼyish bilan bogʼliq hujjatlar kontenti bilan tanishdilar.

Qoʼshma hamkorlik masalalarini oʼquv boʼlimi bilan birgalikda onlayn uchrashuvlarda muhokama qilishga kelishib olindi

Scroll to Top