«O‘zgarayotgan dunyoda medianing rivojlanishi» mediaforumi

2023-yilning 1-noyabr kuni Moskva shahrida MDH davlatlari o‘rtasida “O‘zgarayotgan dunyoda medianing rivojlanishi” nomli mediaforum bo‘lib o‘tdi. 
Mazkur forumda “Yangi avlod media ta’limi”, “Sun’iy intellekt: jurnalistning dushmani yoki do‘sti”, “Telegram kanallar eng tez o‘sayotgan media sifatida” nomli sho‘balari o‘z faoliyatini olib bordi. 
Texnologik taraqqiyot zamonaviy jurnalistika ta’limida ham mutaxasisslarni tayyorlashga o‘z ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda. 
Medianing raqamlashgan dunyosi, ochiq platformlar va kontentlar maydoni bugungi kun yoshlaridan dunyoqarashning kengligini, faollikni talab qilmoqda. “Yangi avlod mediata’limi” sho‘basida Hamdo’stlik davlatlari universitetlarining ta’lim tizimida o‘quv dasturlaridagi o‘zgarishlar, raqamlashgan davrda talabalarni tayyorlashda qanday bilim zarurligi xususida so‘z bordi. 
Forumda O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti “Audiovizual va internet jurnalistika” kafedrasi o‘qituvchisi Zamira Abdullaeva O‘zbekistonning jurnalistika ta’limi markazlarida media-ta’limni tashkil etish yondashuvlari  mavzusidagi nutqi bilan ishtirok etdi. 
Zamira Abdullaeva:
 – “Media, umuman axborot kanallari insonning bilim olishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuni ham alohida ta’kidlash joiz, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, ko‘nikma hosil qilish yoshi katta avlodga nisbatan yoshlarda birmuncha yaxshi shakllangan.  Biroq, yosh avlod faktlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini, ishonchliligini tahlil qilishda katta yoshdagilar ko‘magiga, tajribasiga zarurat sezadi”.

Scroll to Top