O‘zbekiston Milliy universiteti axborot resurs markazi majlislar zalida tyutor va tarbiyachi-pedagoglar uchun kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor, Talabalar shaharchasi hokimi, 4-sonli IIB boshlig‘i boshlig‘i, Jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘i, universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi, Olmazor TIIO FMB 4-son IIB XPB podpolkovnigi, dekan o‘rinbosarlari, tyutor va tarbiyachi-pedagoglar ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida talabalarning belgilangan tartib-qoidalar va yaratilgan sharoitlardan to’g’ri foydalanishini yo’lga qo’yish, talabalar turar joylarida talabalar xavfsizligini ta’minlash, tarbiyachi-pedagoglar hamda tyutorlar faoliyatini samarali tashkil etish kabi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.