«Tarixiy matnlar: ularni yaratish va talqin qilish madaniyati» nomli MDH mamlakatlari yosh tarixchilarining xalqaro maktabiga start berildi

Xalqaro maktabning tantanali ochilishida Rossiya Fanlar Akademiyasining akademigi Chubaryan Aleksandr Oganovich va O‘zMU Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori, f.f.d. Shirinova Raima Xakimovna hamda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi maslahatchisi-elchisi Lanchikov Andrey Viktorovich o‘z chiqishlari bilan ishtirok etdilar.

Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti professori, tarix fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi Sagdullaev Anatoliy Sagdullaevich “Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra Margiana-Baqtriyaning qadimiy sivilizatsiyasi” va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti professori, tarix fanlari doktori Ishanxodjaeva Zamira Raimovna “Markaziy Osiyoda oliy ta’lim tarixiga oid manbalar” O‘zbekiston Milliy universiteti shajarasi misolida” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdilar.

Xalqaro maktab 31-oktabrdan 5-noyabrgacha davom etadi.

Scroll to Top