Biologiya fakultetida yangi to‘garak va yangi laboratoriya ochildi.

Bugun Biologiya fakulteti Tuproqshunoslik kafedrasida «Tuproq degradatsiyasi va atrof muhit muhofazasi» ilmiy to’garagi tashkil etildi. Ushbu to’garak faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida yangi laboratoriya xonasi foydalanishga topshirildi.O’quvchilarga qulay bo’lishi uchun bu laboratoriyani eng so’nggi rusumdagi aparatlar bilan jihozlandi.     
To‘garak talaba-yoshlarni kafedrada olib borilayotgan ilmiy loyiha va tadqiqot ishlariga jalb qilish, kafedra yo‘nalishiga bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘yicha bilimlarini kuchaytirish, ilmiy va ommabop maqolalar tayyorlash va nashr etishda talabalarga ko’maklashish maqsadida yo‘lga qo‘yilmoqda.
 Ochilishida fakultet dekani To‘xtasin Abdrahmanov, kaferda professor-o’qituvchilari, fakultet tyutorlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Scroll to Top