1.Ilmiy Kengashda universitet O’quv ishlari bo’yicha prorektor Sh.Toshmatov O’zbekiston Milliy universitetning 105 yillik yubileyiga tayyorgarlik ishlari toʻg’risida gapirib o’tdi. Unga ko’ra O‘zbekiston Milliy universiteti tashkil topganligining 105 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston Milliy universitetining ilm-fan rivoji va jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgani va bu konferensiyada uzoq yillardan beri bir fan va texnika jamiyat butun xalqimizga foydasi tegib kelayotgan, bir necha yuzlab shogirdlarga ustozlik qilgan professor-o’qituvchilarni qimmatbaho sovg’alar va tashakkurnomalar bilan rag’batlantirish to’g’risidagi rejalar haqida,hamda xalqaro konferensiyalarni o’tkazish rejasini Ilmiy Kengashga taqdim qildi.
2.Ayni damda OʻzMU Tarix fakulteti dekani A.Mo’minov fakultet nazariya va amaliyot uyg’unligi asosida o’quv jarayonining tashkil etilish holatini tahlil qilib bermoqda.Bunga ko’ra talaba yoshlar professor o’qituvchilardan avvaliga maruza darslarida barcha bilim va ko’nikmalarni o’zlashtiradilar. Amaliyot va praktika darslarida esa olgan bilim va ko’nikmalariga asosan har birlari alohida mavzu olib shu mavzu doirasida ma’lumotlar to’plab jarayonni yoritib berishlari ko’zda tutilgan.
3.Shuningdek, Ilmiy Kengashda O‘zMU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Y.Ergashevning ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug’ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo’shimcha haq to’lash tartibi to’g’risida berayotgan ma’lumotlari bilan davom etmoqda.Unga ko’ra ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash lozim.
Qo‘shimcha haq tegishli mezonlarni bajarilishini baholash natijalari bo‘yicha hamda tarkibiy bo‘linma rahbarining taqdimnomasi va tashkilot kollegial organi qarori asosida har bir xodimning ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyatiga qo‘shgan aniq hissasini hisobga olgan holda belgilanadi;
Ushbu qaror bilan joriy etilayotgan qo‘shimcha oylik va bir martalik to‘lovlar miqdori bir oyda lavozim maoshlariga qarab belgilanishi aytib o’tildi.
4. Matematika fakultetida nazariya va amaliyot uyg‘unligi asosida o‘quv jarayonining tashkil etilish holati tahlili bo’yicha O.Zikirov so’zga chiqi. Unga ko’ra talabalar olgan bilimlari maruza darslarida o’zlashtirgan bilimlari asosida mustaqil holda o’quv lobaratoriyalari va boshqa texnikalardan foydalangan holda fizik-matematik qoniniyatlarni o’zlari mustaqil ravishda qilishlari va malakalarini oshirishlari mumkin bo’ladi.