
Toshkent shahrida Amerika elchixonasi tomonidan xotin-qizlar uchun o‘z-o‘zini himoya qilish mashg‘ulotlari mavzusidagi loyiha o‘tkazildi.
3 oy davom etgan loyihada 300 dan ortiq ishtirokchilar orasidan saralanib, yakuniy bosqichda qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston Milliy universiteti xorijiy filologiya fakulteti talabasi Marhabo O‘ktamova loyihada muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Ma’lumot o‘laroq, loyihada ishtirokchilar jismoniy tahdidlardan himoyalanish, shuningdek, ruhiy salomatlik va shaxsiy huquqlar haqida bilim va ko‘nikmalarni oshirish sirlarini tajribali mutaxassislardan o‘rganishdi.
Kuni kecha elchixonada loyihaning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, faol ishtirokchilar sertifikat, medal va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

