Stavropolda “Kavkaz – Kaspiy – Sharq” xalqaro yoshlar forumi

• Stavropolda “Kavkaz – Kaspiy – Sharq” xalqaro yoshlar forumi boshlandi. Unda 60 ta universitetdan 160 dan ortiq vakillar ishtirok etmoqda.

•Forum Rossiya, Janubiy Kavkaz, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari yosh yetakchilari uchun muloqot maydoni bo‘lib xizmat qiladi.

•Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad do‘stona aloqalarni mustahkamlash, kasbiy mahorat va malakalarni oshirish, hamkorlikni rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan iborat.

•Stavropoldagi forumda 25 davlatdan vakillar yig‘ildi. Ular orasida Armaniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Iroq, Livan, Falastin, Suriya, Turkiya va boshqa mamlakatlardan kelgan yoshlar ham bor. Bular yoshlar tashkilotlari va talabalar birlashmalari faoliyatida, ijtimoiy ahamiyatga ega loyiha va tadbirlarni amalga oshirishda faol ishtirok etayotgan o‘qituvchi va talabalardir.

•»Kavkaz — Kaspiy — Sharq» forumi 19 oktyabrgacha davom etadi. Ishtirokchilar hamkorlikning imkoniyatlari va istiqbollarini muhokama qiladilar, yoshlar birlashmalari faoliyati va talabalar o’zini o’zi boshqarish tizimining faoliyati amaliyotlari almashinuvini tashkil etishlari, shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga hissa qo’shadigan kasbiy ko’nikmalarni rivojlantirishlari mumkin.
Forumda O‘zMUdan 2-kurs doktoranti Yuldasheva Ohida Baxtiyarovna ishtirok etdi.

Scroll to Top