O’zbekiston Milliy universiteti talabalari tashabbusi bilan TEDxNUUz konferensiyasi tashkil etildi

“Ziyo Forum” Fan va ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi binosida O’zbekiston Milliy universiteti talabalari tashabbusi bilan TEDxNUUz konferensiyasi bo’lib o’tdi.

Anjumanni O’zMU xalqaro aloqalar bo’yicha prorektori Raima Shirinova ochib berib, universitet barqaror rivojlanishda olib borilayotgan ishlar, hamda erishilgan yutuqlar to’g’risida ma’lumot berib o’tdi.

Ushbu tadbirda mamlakatimiz rivoji, atrof-muhit tozaligi, shuningdek, barqaror rivojlanish uchun befarq bo’lmagan yoshlar tashkil qilib, bu kabi mavzularga qiziqishi bo’lgan 100 ga yaqin yoshlar ishtirok etishdi.

Konferensiyaning asosiy mavzusi «Barqaror rivojlanish» bo’lib unda BMT tomonidan 2015-yilda qabul qilingan Barqaror rivojlanish maqsadlarining (SDG) ko’plab indikatorlarini o’z ichiga oldi. Jumladan, SDG-1 kambag’allika qarshi kurash, SDG-2 ochlikka qarshi kurash, SDG-4 sifatli ta’lim, SDG-5 gender tengligi, SDG-6 toza suv va sanitariya, SDG-7 arzon va toza energiya, SDG-9 innovatsiyalar, SDG-11 barqaror shaharlar, SDG-13 iqlim o’zgarishi, SDG-15 yerdagi hayot kabi indikatorlar konferensiya davomida tilga olindi.

“Har bir inson, har bir qit’adagi har bir mamlakatda iqlim o’zgarishi qandaydir shaklda ta’sir qiladi. Iqlim kataklizmi yaqinlashmoqda va biz bu nimani anglatishi mumkinligiga tayyor emasmiz.
Iqlim o’zgarishi inson faoliyati tufayli yuzaga keladi va biz bilganimizdek, yer yuzidagi hayotga tahdid soladi. Issiqxona gazlari chiqishi ortib borayotgani sababli, iqlim o’zgarishi kutilganidan ham tezroq sodir bo’lmoqda. Uning ta’siri halokatli bo’lishi mumkin va ekstremal va o’zgaruvchan ob-havo sharoitlari va dengiz sathining ko’tarilishini o’z ichiga oladi.
Agar nazorat qilinmasa, iqlim o’zgarishi so’nggi yillarda erishilgan ko’plab taraqqiyot yutuqlarini bekor qiladi. Shuningdek, bu beqarorlik va urushlarga olib keladigan ommaviy migratsiyalarni qo’zg’atadi.” – deydi spikerlardan biri.

Scroll to Top