1.Bugun 2023-yil 31-mart soat 11-00 da bo’lib o’tgan ilmiy kengashda Universitetning QS World University Rankings by Subject 2023 natijalari tahlili va dunyo reytingiga chiqishida uchrayotgan muammoli holatlar hamda ularning yechimlari xususidagi masalalar ko’rib chiqildi va bu bo’yicha masalalar xalqaro aloqalar bo’yicha prorektor Raima Shirinovaga yuklatildi.Universitetning keyinchalik reytingga kirishida akademik reputatsiyani, o’qituvchilarning ilmiy maqolalarini chop qilishi universitetning xalqaro xamkorligi bo’yicha bir qancha vazifalar belgilab olindi.
2.Universitet huzuridagi Biofizika va biokimyo institutining ilmiy-texnik salohiyatidan biologiya va kimyo sohalarida oliy malakali kadrlar tayyorlash va hamkorlikda xorijiy grantlar bajarilishi to‘g‘risida. R.Sabirov maruza o’qidi va bu borada grandlarni yanada kengaytirish, xorijiy grandlarni sonini oshirish to’g’risida qarorlar qabul qilindi.
3. Universitetda bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida 2022/2023 o‘quv yili qishki sessiya natijalari muhokama qilindi va ta’lim sfatini oshirish bo’yicha bir qancha qarorlar qabul qilindi.Bunda ta’limga oid eng so’ngi texnalogiyalar olib kirish va uni ta’limga taqbiq qilib o’quvchi yoshlarning bilim darajasini yanada oshirish ko’zda tutildi.Bunda . V.Topildiyev so’zga chiqdi.
4. Iqtidorli talabalarni Respublika va xalqaro fan olimpiadalariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va atoqli shaxslar nomidagi davlat stipendiyalariga maqsadli tayyorlash, talabalarning fan to‘garaklari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida masalalar ko’rildi. Bu bo’yicha Gulchehra Bekimatova iqtidorli talabalarni taqdirladi va bu kengashda iqtidorli talabalarni fan to’garaklarini oshirish va ularni olimpiadalarga tayyorlash bo’yicha qarorlar qabul qilindi.
5.Shuningdek kengashda Universitet rektorining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisining 2022/2023 o‘quv yili 1-yarim yilligi bo‘yicha faoliyati tahlili va xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, gender tenglikka erishish,xotin-qizlarning salomatligi, barvaqt turmushga chiqish,farzandi bor talaba xotin-qizlarga sharoit yaratib berish borasidagi bir qator masalalar ko’rib chiqildi.Bu borada Ra’no Rustamova so’zga chiqdi.
6.Marketing va akademik faoliyatni prognozlash bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bo’yicha M.Mamanazarov so’zga chiqdi.Unda universitetni bitirib ketgan ish beruvchilar bilan hamkorlik ularni ish bilan ta’minlanishi, alyuminiy universitet bitiruvchilari bilan uchrashuvlar tashkil qilish davra suhbatlari olib borish borasidagi fkirlar yurutildi.