O’zMU ning Barqaror rivojlanish maqsadlari bo’yicha 2022-yilgi faoliyatini yoritish loyihasi taqdimoti

O’zbekiston Milliy universiteti Strategik rivojlantirish va xalqaro reyting bo’limi xodimlari tomonidan Barqaror rivojlanish maqsadlarini (Sustainable Development Goals) 2022-yilgi faoliyatini yoritish va THE Impact xalqaro reytingligiga ma’lumotlarni tayyorlash bo’yicha loyiha taqdimoti o’tkazildi.

Unda Barqaror rivojlanish maqsadlari uchun universitet sayti qoshida yangi sayt ochilib unga SDGga doir 256 ta yangilik o’zbek-ingliz tillarida joylangani ta’kidlandi.

Taqdimotda O’zMUning SDGga (SDG) oid 2022-yilda amalga oshirilgan ishlari to’g’risida «2022 – review of progress, challenges and opportunities» SDG hisobot kitobi taqdimot qilindi.

Ushbu hisobotda:
– SDGning har bir indikatori bo’yicha Scopus bazasida indeksatsiya qilingan jurnallardagi 313 ilmiy tadqiqotlar o’rganildi;
– Har bir indikator bo’yicha universitet yil davomida qilingan ishlarning infografikasi yaratildi;
– SDGga oid universitet professor -o’qituvchilaridan 12 ta intervyu olindi;
– 2022-yilda universitetda amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalardan 18 tasi SDG yangi saytiga joylashtirilganligi ta’kidlab o’tildi.

Scroll to Top