Dominikan Respublikasining Moskvadagi elchisi Frank Xans Dannenberg Kastelyanos boshchiligidagi delegatsiya O‘zMUda

Bugun, 12 iyun kuni Dominika Respublikasining Moskvadagi elchisi Frank Xans Dannenberg Kastelyanos boshchiligidagi delegatsiya O‘zMUga tashrif buyurdi. Uchrashuvda Dominika Respublikasi elchisi taʼlim sohasida hamkorlik aloqlarini o‘rnatishda tashabbus qilmoqchi ekanligin, hamda bu hamkorlik O‘zMU uchun Lotin Amerikasi universitetlari bilan ko‘prik vazifasini bajarishini bildirdi.

O‘z navbatida O‘zMU rektori Dominika Respublikasi elchisining fikrlarini maʼqullab, Dominika Respublikasidan talabalarni jalb etish O‘zMU uchun ham manfaatli ekanligini hamda bu boradi hamkorlikda ishlashga universitet tayyor ekanligini bildirdi.

Uchrashuv so‘ngida elchi keyingi uchrashuvga Dominika Respublikasi Oliy taʼlim vaziri hamda bir qator yetakchi universitet rektorlari bilan tashrif byurishini hamda bu tashrif chog‘ida taʼlim sohasida hamkorlik bo‘yicha ko‘pgina kelishularga erishishga umid qilishini bildirdi.

Scroll to Top