O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro munosabatlar yo‘nalishi talabalari O’zMUda

Bugun, 23 iyun kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro munosabatlar yo‘nalishi 1-bosqich talabalari o‘quv-tanishishuv amaliyoti doirasida O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida ular Xorijiy talabalar, Xalqaro aloqalar, Strategik rivojlantirish va xalqaro reyting bo‘limi rahbarlari tomonidan bo‘limning faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, talabalar Xalqaro aloqalar bo‘limi haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda soha bo‘yicha tegishli maʼlumotlarga ega bo‘ldilar.

Uchrashuv davomida Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova tomonidan talabalarga universitetning istiqbolli strategik rejalari, xalqaro grantlar, reyting haqida maʼlumotlar taqdim etildi. Shuningdek, amaliyotning tajribali yosh kadrlarni yetkazib berishdagi tutgan ahamiyati haqida ham so‘z yuritildi.

Scroll to Top