Kimyo fakultetida O‘zbekiston Milliy universitetining 105 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro olimlar ishtirokidagi “Zamonaviy fizik-kimyoviy tadqiqot usullarining ilmiy va ishlab chiqarish sohasidagi integratsiyasi” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tdi.
Konferensiyada respublikamizning yetakchi olimlari, ilmiy izlanuvchilari, yosh tadqiqotchilari qatorida Italiya, Xorvatiya, Rossiya kabi davlatlardan 10 ga yaqin professorlar ishtirok etishdi.
Konferensiyada zamonaviy fizik-kimyoviy tadqiqot usullarining ilmiy va ishlab chiqarish sohasidagi integratsiyasi borasida olib borilayotgan eng oxirgi ilmiy izlanishlar, ilmiy ishlanmalar va ularning ishlab chiqarishga integratsiyasi borasidagi respublikamiz va jahon miqyosida erishilgan yutuqlar haqida o’zaro fikrlar almashildi, tajribalar o’rganildi.