Hududlarda jinoyatchilikni jilovlash hamda huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasiga qaratilgan topshiriqlarining ijrosi bo‘yicha Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruh tungi vaqtda Toshkent shahrida o‘rganish ishlarini olib bordi.
Jumladan, vazir boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent shahri Olmazor tumani 4-sonli IIBda xizmat olib borayotgan xodimlar va Talabalar shaharchasida joylashgan O‘zbekiston Milliy universitetiga qarashli 3-son talabalar turar joyida talabalarning xavfsizligi va ularga yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, hudud profilaktika inspektori, ishchi xodimlar va talabalar bilan suhbat olib borildi.
O‘rganish jarayonida, mas’ullarga qator topshiriqlar berildi, kelgusida xizmat faoliyatini takomillashtirishga oid maqsadli chora-tadbirlar belgilab olindi.