Bugun, O‘zbekiston Milliy universitetiga Germaniya Federativ Respublikasining Passau universitetining tarix fakulteti 2 kurs talabasi Deuser Leon Alexander tashrif buyurdi. Maʼlumki, universitetda oxirgi yillarda Yevropa universitetlaridan akademik mobillik dasturi doirasida tashrif buyuradigan talabalarning soni kundan-kunga ortib bormoqda. Kuni kecha Finlandiyaning Obua akademiyasi talabasi iqtisodiyot fakultetiga 6 oyga akademik mobillik dasturi doirasida qabul qilingan bo‘lsa, bugun Passau universiteti talabasi qabul qilindi.
Talaba bilan uchrashuvda milliy universitetda o‘quv jaaryoni, ichki tartib-qoidalari, talabalar turar-joyida yashash tartiblari, talabalar shaharchasida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida batafsil maʼlumot berildi.
Shuningdek, Germaniyalik talaba Deuser Leon Alexander tomonidan universitetda nemis tili bo‘yicha tahsil oladigan talabalarga nemis tilida so‘zlashuv klubi tashkil etish istagi borligini bildirdi.
Bunday xorijlik talabalarning talabalarning universitetga tashrif buyurishi til o‘rganuvchi talabalar uchun mulaqot muhitini shakllantirish bilan bir qatorda universitetning akademik mobillik bo‘yicha ko‘rsatkichlarini oshirishga yordam beradi.