“Yangi nafas” yugurish marafoni start oldi

“Mustaqillikning 32 yilligi”ga bagʻishlangan respublikamizning 16 ta shahrida “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur o‘ziga xos aksiyada 86 ta oliy ta’lim muassasasining 31 mingdan ortiq talaba-yoshlar qatnashmoqda.
Toshkent shahrining “Humo Arena” muz saroyi hududida o‘tkazilayotgan tadbirda O’zbekiston Milliy universiteti rahbariyati boshchiligida universitet jamoasi, talaba-yoshlar ham ishtirok etmoqda.

Scroll to Top