Mirzo Uluĝbek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetida «Yangi O’zbekistonni birgalikda barpo etamiz» shiori ostida «Milliy universiteti — keng imkoniyatlar maskani» nomli talabalar festivali munosabati bilan O’zbek filologiyasi fakulteti «Yosh tilshunos», «Yosh adabiyotshunos» hamda «Kompyuter lingvistikasi» to’garaklari tashabbusi bilan «Eng yaxshi filolog talaba» fan olimpiadasi o’tkazildi.
“Yosh tilshunos”-ko’rik tanlovida talabalar o’z ona tilimiz bilan cheklanib qolmay,ingiliz,rus,fransuz,nemis,italyan,qozoq,ozarbayjon hamda kores xitoy tillari bilan bir-birlari bilan bellashdilar.Bosqich oxirilagani sari talabalar soni kamayib bellashuv qizg’in davom etdi va shu bilan dastur so’nggida g’oliblar aniqlanib taqdirlandi.
“Yosh Adabiyotshunos”-adabiyotshunos talabalar millatimiz tarixida chuqur iz qoldirgan Alisher Navoiy,Cho’lpon,Bobur.Muhammad Yusuf,Tohir Malik va boshqa bir qator adiblarimizning ijodlaridan saxna ko’rinishlari qilib,aynan o’zlari olib chiqqan adiblarini xayoti,ijodi va asarlarini birma-bir saxnada yoritib brdilar.
‘Kompyuter lingvistikasi”-bu bosqichda ishtirokchi talabalar IT yo’nalishlari bo’yicha va o’zlari yasagan robotlar bilan qatnashib,talabalarga judayam foydali bo’lgan bilimlarni berib o’tdilar.
Tanlov 2 ta shartdan iborat iborat bo’lib, 1-shartda talabalar tomonidan «O‘zbekiston Milliy universiteti — keng imkoniyatlar maskani», «Yangi O‘zbekistonni birgalikda barpo etamiz», «Bilim bor joyda buyuklik bor» va «Sifatli ta’lim taraqqiyotimiz garovi» kabi mavzularda insho yozildi va o’zbek tili va adabiyot yo’nalishida test sinovidan o’tishdi.
2-shartda esa yuqorida aytib o’tilgan saxna ko’rinishlari bilan ishtirok etishdi.Mazkur olimpiadada 100 nafarga yaqin talabalar faol ishtirok etdi