O’zMU talabasi Shahnoza Mamajonova Jahon kubogida oltin medalga sazovor bo‘ldi

Ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida para o‘q otish bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Quvonarlisi, bugun 50 metr masofaga to‘pponchadan otish bo‘yicha aralash dasturda ishtirok etgan talabamiz Shahnoza Mamajonova oltin medalga sazovor bo‘ldi. Kuchli uchlikdan esa Fransiya va Avstraliya sportchilari joy oldi.

Ma’lumot o’rnida, O’zbek filologiyasi fakultetining 3-bosqich talabasi bundan avvalroq ushbu musobaqaning 10 metr masofaga to‘pponchadan otish dasturida kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.

Scroll to Top