O’zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar tashkilotiga a’zoligining 31 yilligi munosabati bilan O’zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti «Fuqarolik jamiyati va huquq ta’limi» kafedrasi va qator hamkor muassasalar bilan hamkorlikda «Intellect battle» nomli Zakovat tanlovi o’tkazilmoqda.
Unda O’zbekiston Milliy universiteti, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toshkent Davlat Sharqshunoslik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Toshkent Davlat yuridik universitetidan 22 ta jamoa ishtirok etmoqda. Mazkur jamoalar 20 ta savol bo’yicha bellashmoqda.
Tanlovda O’zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi hamda Siyosatshunoslik yo’nalishlari talabalaridan iborat 4 ta jamoa ishtirok etmoqda.