“Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki hamda O‘zMUning bitiruvchi talabalari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi

Universitet “Karyera” markazi tomonidan Iqtisodiyot fakulteti «Kadrlar menejmenti» ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari hamda “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki vakillari o‘rtasida bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki Xodimlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Mohichexra Xodjayeva tomonidan bankning respublika bo‘yicha barcha filiallarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish shartlari hamda xodimlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuv yakunida bitiruvchilarni qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javob berildi.

Scroll to Top