Bugun, 5-iyul kuni Rossiya Federatsiyasi Tomsk davlat universiteti hamda Sibir agrobiotexnologiya ilmiy-tadqiqot markazi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uzoq yillardan buyon O‘zbekiston Milliy universiteti va Tomsk davlat universiteti o‘rtasida barcha yo‘nalishlarda hamkorlik olib borilmoqda. Buning natijasi ularoq uchrashuvda tomonlar hamkorlikda ilmiy-o‘quv markazlarini tashkil etish bo‘yicha Tomsk davlat universiteti bazasida Mirzo ulug‘bek nomidagi ilmiy-o‘quv markazi va O‘zbekiston Milliy universiteti bazasida D.I.Mendeleyev nomidagi ilmiy-o‘quv markazi tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Ushbu markazning asosiy maqsadi,
Ikki oliy ta’lim muassasasi hamda ikki davlat o‘rtasida sohaga doir olib borilgan ishlar yuzasidan axborotlarni almashish;
Tadqiqotlar davomida amalga oshirilayotgan ishlarning BMT tomonidan qabul qilingan BRMlarga yo‘naltirilganligini ta’minlash;
xorijiy tajribalarni o‘rganish hamda milliy tizim yaratish va sohaga joriy qilish;
Xalqaro va respublika ilmiy jurnallarida sohada erishilgan yutuqlarni ochib beruvchi bir qator maqоlalar chоp etib, mahalliy aholi vakillari hamda dunyo hamjamiyatini boxabar qilib borish;
Shuningdek, Tomsk davlat universiteti rektori Eduard Vladimorovich tomonidan raqamli dasturlar, qo‘shma ilmiy loyihalar va akademik mobillik kabi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish takliflari bildirildi. O‘z navbatida O‘zMU rektori Inom Madjidov mazkur takliflarni qo‘llab, fizika, biologiya, geografiya, kimyo va ijtimoiy fanlar sohalarida ham hamkorlikni rivojlantirishni bildirib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda Sibir agrobiotexnologiya ilmiy-tadqiqot markazi direktori Kirill Sergeyevich boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etdi. Mazkur ilmiy-tadqiqot markazi bilan ham anglashuv memorandumi imzolandi.
Rasmiy uchrashuvdan so‘ng delegatsiya a’zolari professor-o‘qituvchilar bilan uchrashish maqsadida Kimyo, Biologiya, Fizika, Tarix, Geologiya va Ijtimoiy fanlar fakultetlarga tashrif buyurishdi va hamkorliklarni bosqichma-bosqich rivojlantirib borish bo‘yicha ishlar olib borildi