2023-yilning 21-25-avgust kunlari “SPACECOM: New study program in space systems and communications engineering” loyihasi doirasida Germaniyaning Berlin texnika universitetida (Technische Universität Berlin) loyihaning muvofiqlashtiruvchi yig‘ilishi hamda maxsus seminar-trening o‘tkazildi.
Unda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yichaprorektor, fizika-matematika fanlari doktori, professor Yoqub Ergashov boshchiligida O‘zMU delegatsiyasi,jumladan, “Yarimo‘tkazgichlar va polimerlar fizikasi”kafedrasi mudiri A.Nasirov, kafedra dotsentiP.Parchinskiy hamda “Fotonika” kafedrasi dotsenti R.Vildanovlar ishtirok etdi.
Quvonarlisi shundaki, seminar treninglar so‘ngida O‘zMU va Berlin texnika universiteti vakillari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida bir qator hamkorlik masalalari ko‘rib chiqilib, istiqboldagi rejalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ikki universitet hamkorlikda yaratilgan ma’lumotlar bazasini yanada takomillashtirish, uni keng ommaga yoyish hamda ushbu sohaga qiziqqan ilmiy tadqiqotchilarni loyihaga taklif etish bo‘yicha kelgusi qilinadigan rejadagi ishlar borasida kelishib olindi.
Muvofiqlashtiruvchi yig‘ilishda SPACECOM loyihasini samarali amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Seminar-treningda Yevropadagi qator universitet va tashkilotlarning (jumladan, Sorbonne universiteti (Fransiya), Sofiyatexnika universiteti (Bolgariya), AP Hogeschool (Belgiya), Exo-launch kompaniyasi (Germaniya) professor va mutaxassislari tomonidan ma’ruzalar o‘qildi