QVZ_final , Rektor_kubogi , “Milliy universitet – keng imkoniyatlar maskani”

O`zbekiston Milliy Universitetida har mavsumda talabalar tomonidan «Quvnoqlar va Zukkolar» musobaqalari o`tkaziladi.Bu musobaqalarda universitetimizning barcha fakultetlarining jamoalari o`zlarining hr xil chiqishlari bilan qatnashishdi.Bunda ular ilim-fan doirasida,sport,milliy-madaniyatlarimiz,komediya,tez aytishlar va turli xalqlarning milliy taomlari,urf-odatlari bilan chiqish qilib bellashishdilar.Bundan ko`zlangan asosiy maqsad talaba yoshlarni yanada bilimli ilimli bo`lishi,o`z ustida yanada ko`proq ishlashi ko`zda tutilgan.
“Milliy universitet – keng imkoniyatlar maskani” nomli talabalar festivali doirasida «Quvnoqlar va zukkolar» musobaqasining Rektor kubogi Final bellashuvi qizg’in bo’lib o’tdi.
Unda Tarix fakultetining “Antikvar”, Taekvondo va sport faoliyati fakultetining “Yandeks plus”, Geologiya va muhandislik geologiyasi fakultetining “Boyvachcha”, Xorijiy filologiya fakulyetining “Tarjimon”, Biologiya fakultetining “Biokvadrat” jamoalari o‘zaro 3 shart asosida bellashishdi.
Musobaqa yakuniga ko’ra Tarix fakultetining “Antikvar” jamoasi Rektor kubogini qo’lga kiritdi.
2-o’rinni Taekvondo va sport faoliyati fakultetining «Yandeks plus» jamoasi,  3-o’rinni esa Xorijiy filologiya fakultetining «Tarjimon» jamoasi qo’lga kiritdi.
Shuningdek, Shirin Ergasheva «Eng quvnoq qiz», Hamdam Jo’rayev esa  «Eng quvnoq yigit»  nominatsiyasiga loyiq ko’rildi.

Scroll to Top