O‘ZMUDA “YER SOATI” KUNI MUNOSABATI BILAN MAXSUS AKSIYA O‘TKAZILDI

25-mart kuni O‘zbekiston Milliy universitetida butun O‘zbekistonda bo‘layotgan “Yer soati” aksiyasi doirasida bir soatga elektr energiyasi tarmoqdan uzildi.

Bu vaqt mobaynida universitet rahbariyati, ishchi-xodimlar, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar tashqarida toza havoda sayr qilishdi.

Ma’lumot o‘rnida, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashabbusi bilan yurtimizda 25-mart — “Yer soati” kuni munosabati bilan maxsus aksiya o‘tkazilmoqda. Shu kuni sayyoramizga g‘amxo‘rlik qilish, tabiiy resurslarni asrash maqsadida barcha davlat tashkilotlarida elektr jihozlari bir soatga o‘chiriladi.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Scroll to Top