“Ko‘ngil ekologiyasi”

Mirzo Ulug‘bek nomidagi National University of Uzbekistan Biologiya va ekologiya fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida “Ko‘ngil ekologiyasi” mavzusida ijodiy rasmlar tanlovi tashkil etildi.

Mazkur tanlov talabalarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, ularning ekologik tafakkurini rivojlantirish hamda tabiatga bo‘lgan mehr va mas’uliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan.

Ijodiy ishlar bilan tanishing

 

rasmlar tanlovi

Tanlovning ahamiyati

“Ko‘ngil ekologiyasi” tushunchasi nafaqat atrof-muhitni asrash, balki insonning ichki dunyosini pok saqlash, tabiat bilan uyg‘un yashash g‘oyalarini ham o‘z ichiga oladi. Shu jihatdan, tanlov yoshlar ongida ekologik madaniyatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Scroll to Top