O‘zMUda “Shaxmat va shashka” to‘garagi

Joriy yilning 29-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi National University of Uzbekistan Biologiya va ekologiya fakulteti talabalari ishtirokida navbatdagi “Shaxmat va shashka” to‘garagi tashkil etildi.

Mazkur to‘garak talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, ularning mantiqiy fikrlash, diqqat va xotira qobiliyatlarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar shaxmat va shashka o‘yinlarining asosiy qoidalari, strategiya va taktikalarini o‘rganib, o‘z bilimlarini amaliyotda sinovdan o‘tkazdilar.

To‘garakning

asosiy maqsadlari

talabalarni shaxmat va shashka o‘yinlari qoidalari bilan tanishtirish

mantiqiy va strategik fikrlashni rivojlantirish

mantiqiy va strategik fikrlashni rivojlantirish

musobaqalarga tayyorlash hamda jamoaviy ruhni mustahkamlash

Doimiy faoliyat yo'lga qo'yilgan

 

Shuningdek, “Shaxmat va shashka” to‘garagi muntazam ravishda har haftaning chorshanba kuni universitet sport klubida soat 19:00 da o‘tkazib kelinmoqda. Bu esa talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularni sog‘lom raqobat muhitiga jalb etishda muhim omil bo‘lmoqda.

Scroll to Top