Oliy ta’lim va
O‘zbekiston Milliy universiteti Biologiya va ekologiya fakulteti tomonidan umumta’lim maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida an’anaviy Biologiya olimpiadasi tashkil etildi.
📰 Ikki bosqich — nazariy va amaliy mashg‘ulotlar shaklida o‘tgan ushbu bilimlar bellashuvi nafaqat iqtidorli yoshlarni saralash, balki universitet va maktab ta’limi o‘rtasidagi uzviy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qildi.
✏️ Olimpiada g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbir davomida o‘quvchilarga universitetdagi ta’lim yo‘nalishlari, ilmiy laboratoriyalar hamda biologiya va ekologiya sohasidagi zamonaviy tadqiqotlar haqida ham batafsil ma’lumot berildi.
maktab hamkorligi
Mazkur tashabbus yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni kelgusida ilmiy faoliyatga yo‘naltirish hamda oliy ta’lim muassasalari bilan maktablar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.