O‘zMU talabalari Orolbo‘yida faol

Mirzo Ulug‘bek nomidagi National University of Uzbekistan talaba-yoshlari 26–30-aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilayotgan “Orolbo‘yi ezgu niyat elchilari” xalqaro konferensiyasi hamda “Orol tubiga eko-ta’lim sayohatlari” haftaligida ishtirok etish maqsadida Nukus shahriga yetib keldi.

Haftalik reja:

  • “Daraxt ekish” aksiyalari
  • “10 qadam” jamoatchilik loyihasi
  • Yoshlar yugurish marafoni
  • Sport musobaqalari
  • Sport musobaqalari

 

Daraxt ekish aksiyasiga

start berildi

Haftalik doirasidagi dastlabki muhim tashabbuslardan biri sifatida daraxt ekish aksiyasiga start berildi. Ushbu aksiya atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil hududlarni kengaytirish va ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan turli hududlarda daraxt ko‘chatlari ekilib, tabiatni asrashga amaliy hissa qo‘shildi. Shuningdek, talabalarda tabiatga nisbatan mas’uliyatli munosabatni shakllantirish, ekologik madaniyatni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

 

Ekologik tashabbuslar va kelgusi rejalar

Aksiya davomida ekilgan daraxtlarni muntazam parvarishlash, ularning o‘sishi uchun zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha aniq rejalar belgilab olindi. Bu esa amalga oshirilayotgan ishlarning uzoq muddatli samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Talaba-yoshlar Yashil makon tashabbusi doirasida ekologik muhitni yaxshilashga o‘z hissasini qo‘shishda davom etmoqda.

 

 

Scroll to Top