O‘zMU professori Polshada faoliyat yuritmoqda
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti professor-o‘qituvchilari xalqaro hamkorlik doirasida xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy va pedagogik faoliyatni izchil davom ettirmoqda.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi National University of Uzbekistan vakili Zafarjon Jabborov Polshaning University of Zielona Górada “Visiting professor” sifatida 2026-yil 17-apreldan buyon o‘quv mashg‘ulotlari va ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Ta’lim va ilmiy
faoliyat uyg‘unligi
Xalqaro tajriba almashinuvi doirasida professor tomonidan
Mahalliy fermerlar va yer egalari bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yildi, ularga amaliy ko‘rsatmalar va ilmiy tavsiyalar berildi
Yuqori yashovchanlikka ega urug‘lar sinov tariqasida ekilib, monitoring ishlari boshlandi
ma’ruza mashg‘ulotlari
amaliy darslar
laboratoriya ishlari
muntazam ravishda tashkil etilmoqda. Shu bilan birga, 144 soatlik malaka oshirish jarayoni ham parallel tarzda olib borilmoqda. Mazkur jarayon nafaqat pedagogik faoliyatni, balki ilmiy izlanishlarni ham qamrab olgan bo‘lib, zamonaviy yondashuv asosida tashkil etilmoqda.
Dolzarb
ilmiy tadqiqotlar
Ilmiy faoliyat doirasida texnogen va tabiiy omillar ta’sirida degradatsiyaga uchragan tuproqlarni o‘rganish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan.
Xususan:
- degradatsiyalangan tuproqlarni tahlil qilish
- ularning fizik-kimyoviy xususiyatlarini o‘rganish
- rekultivatsiya (qayta tiklash) choralarini ishlab chiqish
Ushbu izlanishlar ekologik barqarorlikni ta’minlash va yer resurslaridan samarali foydalanish nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalqaro hamkorlik
yangi imkoniyatlar
Mazkur tashrif National University of Uzbekistan hamda University of Zielona Góra o‘rtasida mavjud memorandum doirasida amalga oshirilmoqda. Shuningdek, hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Erasmus+ dasturi asosida quyidagi yo‘nalishlarda aniq kelishuvlarga erishildi