Nobel mukofoti sohibi Serj Arosh O‘zMUda:

ilm-fan, yoshlar va global hamkorlik markazida

29-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida zamonaviy fizika ilm-fanining yetuk namoyandalaridan biri — Nobel mukofoti sovrindori Serge Haroche bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu muhim ilmiy voqea universitet hayotida alohida o‘rin egallab, yosh olimlar va tadqiqotchilar uchun katta ilhom manbai bo‘ldi.

 

Nobel mukofoti va ilmiy yutuqlar

Serj Arosh 2012-yilda kvant fizikasi sohasidagi fundamental tadqiqotlari uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. U fotonlar ustida olib borgan noyob tajribalari orqali:

  • kvant tizimlarni aniqlik bilan o‘lchash
  • kvant holatlarni boshqarish
  • zamonaviy kvant texnologiyalariga asos yaratish

kabi muhim ilmiy natijalarga erishgan.

Bugungi kunda uning ilmiy ishlari kvant kompyuterlar va yuqori aniqlikdagi o‘lchov texnologiyalarining rivojlanishiga xizmat qilmoqd

Ilmiy muloqot

tajriba almashinuvi

Fizika fakultetida tashkil etilgan uchrashuv samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tdi. Unda yosh olimlar, magistrantlar va tadqiqotchilar faol ishtirok etdi. Serj Arosh o‘zining ilmiy faoliyati davomida bosib o‘tgan yo‘li, dastlabki izlanishlarda duch kelgan qiyinchiliklari hamda muvaffaqiyatga erishishda jamoa va oilaning o‘rni haqida batafsil so‘zlab berdi.

Olim o‘zining Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan tadqiqotlari — kvant elektrodinamikasi, xususan, fotonlarni buzmasdan o‘lchash usullari haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Ushbu ilmiy yo‘nalish bugungi kunda kvant texnologiyalari, kvant kompyuterlar va zamonaviy fizikada muhim ahamiyat kasb etmoqda

Yoshlar uchun

muhim tavsiyalar

tadqiqotchilik etikasi

xalqaro ilmiy hamkorlikka ochiqlik

mustaqil fikrlash va innovatsion yondashuv

Laboratoriyalar faoliyati bilan tanishuv

Tashrif doirasida Serj Arosh universitetning Fizika fakultetidagi ilmiy laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. U yerda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, innovatsion ishlanmalar va tajribalar mehmon tomonidan yuqori baholandi.

Olim nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy tadqiqotlarning rivojlanayotganini alohida e’tirof etib, ilmiy faoliyatni yanada takomillashtirish bo‘yicha qator muhim tavsiyalar berdi. Bu esa universitetda ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.

 

Serj Aroshning O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrifi ilm-fan rivoji, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim voqea bo‘ldi. Ushbu uchrashuv nafaqat ilmiy tajriba almashinuvi, balki yosh avlod uchun katta motivatsiya manbai sifatida ham ahamiyat kasb etdi.

Scroll to Top