Ichki nazorat, shaffoflik va xodimlar murojaatlari tizimi

Tashkilotimizda xodimlar tomonidan murojaat qilish uchun maxfiylikni ta’minlovchi ichki xabar berish tizimi hamda mehnat munosabatlariga oid shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibi joriy etilgan.

Tashkilotimizda shaffoflik va qonunchilikka rioya etishni ta’minlash maqsadida xodimlar va boshqa manfaatdor shaxslar uchun ichki xabar berish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu tizim orqali har qanday qonunbuzarlik, jumladan korrupsiya holatlari haqida xavfsiz va maxfiy tarzda xabar berish imkoniyati yaratilgan. Barcha murojaatlar qat’iy maxfiylik asosida ko‘rib chiqiladi va murojaat etuvchining shaxsi himoya qilinadi.

Shuningdek, tashkilotda xodimlarning mehnat munosabatlariga oid muammolarini hal qilish uchun alohida shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibi (grievance procedure) ishlab chiqilgan bo‘lib, u adolatli va tezkor ko‘rib chiqishni ta’minlaydi.

Ichki nazorat, shaffoflik va xodimlar murojaatlari tizimi

Tashkilotimizda shaffoflik va qonunchilikka rioya etishni ta’minlash maqsadida xodimlar va boshqa manfaatdor shaxslar uchun ichki xabar berish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu tizim orqali har qanday qonunbuzarlik, jumladan korrupsiya holatlari haqida xavfsiz va maxfiy tarzda xabar berish imkoniyati yaratilgan. Barcha murojaatlar qat’iy maxfiylik asosida ko‘rib chiqiladi va murojaat etuvchining shaxsi himoya qilinadi.

Mazkur tizimlarning amaliy joriy etilganligini tasdiqlash maqsadida tashkilotimizda korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratiga oid bir qator tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Jumladan, 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zbekiston Milliy universitetida ochiq eshiklar kuni tadbiri tashkil etildi.

Ushbu tadbirda universitet rahbariyati, korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimi bo‘limi mas’ullari, shuningdek talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbir doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish, qonunbuzarliklar haqida xabar berish, xodimlar va talabalar huquqlarini himoya qilish masalalari keng yoritildi.

Tadbirda mas’ul shaxslar tomonidan ma’ruzalar qilindi hamda ishtirokchilarga komplayens tizimining ahamiyati, jumladan maxfiy murojaat qilish imkoniyatlari haqida tushunchalar berildi. Shu orqali tashkilotda ochiqlik, adolat va hisobdorlik muhiti yaratilganligi yana bir bor namoyon etildi.

Shu bilan birga, “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida o‘tkazilgan tanlovlar va ma’rifiy tadbirlar orqali xodimlar va talabalar o‘rtasida huquqiy madaniyat va mas’uliyatni oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Scroll to Top