Talabalar va pedagoglar uchun axloqiy qadriyatlar bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish

O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakultetida «Siyosatshunoslik» yo‘nalishi talabalari, tyutorlar va professor-o‘qituvchilar uchun kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirning asosiy maqsadi — talabalarda axloqiy qadriyatlar: halollik, hurmat, adolat va xilma-xillikni shakllantirish, shuningdek, universitetdagi tartib-intizom va xavfsizlikni mustahkamlash edi.

Yig‘ilish davomida tyutorlar va pedagoglar bilan talabalarning o‘quv jarayoni, turar joylarda xavfsizlik, ijtimoiy muhitni qo‘llab-quvvatlash va shaffof baholash tizimlarini yanada samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Professor-o‘qituvchilar va fakultet rahbariyati talabalarga axloqiy me’yorlar va universiteting ichki qoidalariga rioya qilishning ahamiyatini tushuntirdilar.

Shuningdek, yig‘ilishda universitetning strategik hujjatlarida belgilangan axloqiy qadriyatlar va ularni nazorat qiladigan maxsus bo‘lim faoliyati haqida ma’lumot berildi. Bu bo‘lim talabalarda halollik va adolat tamoyillarini tatbiq etish, jamoaviy tartib-intizomni mustahkamlash va pedagogik jarayonni samarali tashkil etish uchun mas’uldir.

Tadbir yakunida tyutorlar va pedagoglar talabalarning ma’naviy yuksalishi va xavfsiz muhitda ta’lim olishlarini ta’minlash bo‘yicha o‘zaro tajriba almashdilar. Mazkur yig‘ilish universitetdagi axloqiy qadriyatlarni rivojlantirish va pedagogik jarayonni yanada takomillashtirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Scroll to Top