Manchestr universiteti xalqaro aloqalar va xalqaro hamkorlini tashkil qilish boʼlim boshligʼi bilan uchrashuv
Bugun, 9 oktyar kuni sammit doirasida tashkil qilingan workshoplarga qatnashish bilan bir qatorda imkoniyatdan ijobiy foydalanib Manchestr universiteti xalqaro aloqalar va xalqaro hamkorlini tashkil qilish boʼlim boshligʼi Tanya Luff bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi. Unda OʼzMUning yuz yildan ortiq tarixga ega klassik universitet ekanligi, oxirgi yillardagi xalqaro yutuqlari borasida fikr almashilindi.
Shuningdek, Manchestr universiteti bilan hamkorlik oʼrnatish imkoniyatlari haqida takliflar koʼrib chiqildi. Аyniqsa, Tanya Luff xorijiy talabalar uchun tashkil qilinadigan «Yozgi maktab» dasturiga katta qiziqish bildirdi. Kelgusida Manchestr universiteti bilan rasmiy hamkorlik oʼrnatishga kelishib olindi.
Kun davomida THE World rankings 2025 da TOP-10 universitet vakillari, ya’ni Oksford universitetining vitse prezidenti Richard Jones hamda vitse-kantsleri Irene Tracey larning «Fuqarolik jamiyatida universitetlarning tarixiy ahamiyati», «Universitetlar tezlik bilan dunyoni oʼzgartiradi» kabi mavzularda tajriba va tahlilga bagʼishlangan chiqishlari boʼlib oʼtdi.