Buyuk Britaniyaning Norvich NILE instituti vakillari bilan uchrashuv
10 oktyabr kuni Norvich NILE instituti direktori Thom Kiddle bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur oliygoh bilan O‘zMU o‘rtasida 2022 yilda hamkorlik o‘rnatilgan bo‘lib, unga binoan universitetning yosh o‘qituvchilari va doktorantlari ingliz tili bo‘yicha o‘z malakalarini oshirib kelmoqdalar.
Bugungi uchrashuvda universitet rahbar xodimlari, dekanlar, kafedra mudirlari va bo‘lim boshliqlari uchun malaka kurslari tashkil qilish xususida fikr yuritildi. Xususan, mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o‘qitish bo‘yicha kurslar tashkil qilish taklifi bildirildi.
Uchrashuv so‘ngida mazkur yo‘nalishda hamkorlik qilishga kelishib olindi.