Manshester universitetida THE akademik sammiti
7-10 oktyabr kunlari Buyuk Britaniyaning Manchester universitetida THE Dunyo Akademik sammiti bo’lib o’tmoqda. Mazkur sammit 200 yillik tarixga ega Manchester universitetida THE xalqaro reyting agentligi tomonidan o’tkazilmoqda.
THE Akademik sammiti dasturida har bir ishtirokchilar uchun kerakli va muhim boʼlgan mavzular ya’ni, «WUR metodologiyasidagi yangi oʼzgarishlar», «Jadallik bilan oʼzgarayotgan dunyoda ilmiy tadqiqotga yoʼnaltirilgan universitetlarning oʼrni», «Sun‘iy intellektning jamiyatni oʼzgartirishdagi ta’siri», «Talabalarning liderlik qobiliyatini qoʼllab-quvvatlash» kabi mavzularda master klasslar tashkil qilingan. Аkademik sammitda ishtirok etgan lektorlar asosan, THE reyting agentligining mutaxassislari hamda xorijning yuqori reytingga ega universitetlar tomonidan taklif qilingan.
Akademik sammit doirasida THE mintaqaviy direktori bilan uchrashuv
Bugun, 8 oktyabr kuni Manchestr universitetida davom etayotgan THE dunyo universitetlari akademik sammitida bir qator masster klasslar, universitet vakillari bilan uchrashuvlar boʼlib oʼtmoqda.
Аyniqsa, Times Higher Education xalqaro reyting tashkilotining mintaqaviy direktori Lachin Italmazova bilan tahliliy instrument va uning universitetlar natijasini qiyosiy tahlil qilish hamda natijalarni yaxshilashdagi oʼrni borasi fikr almashildi.
Shu oʼrinda aytish joizki, THE reyting agentligi bilan muntazam olib boriladigan onlayn va oflayn master klasslar hamda tahliliy materiallar har yilgi universitet koʼrsatkichlarini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
O’zMU yana bir bor dunyo e’tirofida
Times Higher Education (THE) xalqaro oliy ta’lim tahliliy agentligi bugun 2025-yil uchun dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingi – THE World University Rankings 2025 natijalarini e’lon qildi.
Quvonarlisi, O‘zbekiston Milliy universiteti dunyo universitetlari reytingida 1001-1200 o‘rinlarni qayd etib, dunyoning eng kuchli universitetlari qatoridan joy oldi.
Bu yilgi reyting natijalariga ko’ra O’zbekistondan 3 ta oliy ta’lim muassassasi “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti 601-800, O’zMU 1001-1200 va TDTU 1501+ dunyo universitetlari qatoridan o’rin oldi.