O‘zMU talabalari kurash bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida sovrinli o'rinlarni egalladi

Joriy yilning 23–25-fevral kunlari Jizzax viloyatida yoshlar o‘rtasida kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston kurash federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu nufuzli musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan kelgan eng kuchli kurashchilar o‘zaro bahs olib bordilar.

Chempionat davomida yuzlab iqtidorli yoshlar gilamda o‘z mahoratini namoyon etib, yuqori saviyadagi bellashuvlarni taqdim etdilar.

Quvonarlisi shundaki, O‘zbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakulteti talabalari ham mazkur chempionatda yuksak natijalarga erishib, universitet nufuzini yana bir bor yuksaltirdilar. Jumladan:

  • Abbos Ismoilov – +100 kg vazn toifasida 1-o‘rin;

  • Sardor Qorjovov – 90 kg vazn toifasida 2-o‘rin;

  • Bunyod Jabborov – 60 kg vazn toifasida 3-o‘rin;

  • Jayhun Botirov – +100 kg vazn toifasida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

Mazkur natijalar O‘zMU talabalarining nafaqat ta’lim va ilmiy sohada, balki sport maydonlarida ham yetakchilik qila olishlarini, universitetda sportga berilayotgan e’tibor va yaratilayotgan sharoitlarning samarasi ekanini yana bir bor tasdiqladi.

Scroll to Top