Ochiqlik va qulaylik

O‘zbekiston Milliy universiteti talabalаr shaharchasida joylashgan bo‘lib, bu yerda talaba va mehmonlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Shaharcha hududida boy tarixga ega muzey, zamonaviy jihozlangan kutubxona, turli fanlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boriladigan laboratoriya markazlari faoliyat ko‘rsatadi. Shuningdek, tarixiy binolar va arxitektura namunalarі universitet hududiga o‘ziga xos go‘zallik bag‘ishlab turadi.

Madaniy muassasalar

 

Talabalar va mehmonlar uchun turli madaniy va ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etilib, ular bilim olish jarayonidan tashqari ma’naviy va madaniy rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Yashil maydonlar, dam olish maskanlari va sport maydonchalari har doim ochiq bo‘lib, bu joylar talabalarning sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlaydi.

Universitetimiz ichkarisida ham, tashqarisida ham bir qancha madaniy muassasalar faoliyat yuritadi. Ularga kirish mutlaqo bepul bo‘lib, har bir tashrif buyuruvchi bu yerda madaniy, ma’rifiy va ta’limiy muhitdan bahramand bo‘lishi mumkin. Bu madaniy maskanlar talabalarning ma’naviy olamini boyitish, ularda milliy merosga hurmat va qiziqish uyg‘otishda katta ahamiyatga ega.

Beruniy xiyoboni

Universitet hududi shahrimizning tarixiy va madaniy markazlaridan biri – Beruniy maydonida joylashgani bilan alohida ajralib turadi. Bu maydonning o‘ziga xos ramziy ahamiyatini yanada mustahkamlash maqsadida, universitet xiyobonining boshiga buyuk alloma, jahon ilm-faniga ulkan hissa qo‘shgan mutafakkir Abu Rayhon Beruniy haykali o‘rnatildi.

Mazkur haykal nafaqat universitetning bezagi, balki yoshlar uchun ilmga intilish, izlanish va ma’rifat ramzi sifatida xizmat qiladi. Talabalar va mehmonlar xiyobonga kirar ekan, Beruniy siymosiga nazar tashlab, uning ilmiy merosidan ilhom oladilar. Bu joy nafaqat dam olish, balki o‘quvchilar va olimlar uchun uchrashuv, ilmiy suhbat va tadbirlar o‘tkaziladigan ma’naviy maskanga aylangan.Har yili tashrif buyuruvchilar soni 27000 nafarni tashkil etib, xiyobon eshiklari hamisha mahalliy aholi va talabalar uchun ochiq.

Talabalar sayilgohi

Talabalar shaharchasida joylashgan universitet ko‘chasida poytaxtimiz metrosining “Beruniy” nomli bekati mavjud. Ushbu bekat atrofidagi hudud yo‘lovchilar uchun yanada qulay bo‘lishi maqsadida xiyobonga aylantirilgan.

Xiyobon hududida yo‘lovchilar va talabalar hordiq chiqarishi uchun qulay sharoitlar yaratilgan: ko‘plab o‘rindiqlar, yashil maydonchalar va piyodalar yo‘laklari barpo etilgan. Xiyobonning diqqatga sazovor jihatlaridan yana biri — qushlar tasviri tushirilgan nafis arkadir. Ushbu arka xiyobonga o‘ziga xos bezak berib, uni yanada jonli va dilgir muhitga aylantiradi.

Bugungi kunda bu joy nafaqat yo‘lovchilar uchun dam olish maskani, balki talabalar uchun ham uchrashuv va suhbatlar o‘tkaziladigan madaniy maydonga aylangan.

Bir asrdan oshiq tarixga ega O‘zbekiston Milliy universiteti bugun 108 yoshda

O‘zbekiston Milliy universiteti respublikadagi eng katta yashil hududga ega kampus, shuningdek, 108 yillik tarixga ega muhim yodgorlik hisoblanadi. Talabalar shaharchasidagi binolar, ya’ni muzey, kutubxona va fakultet binolari soat 18:00 gacha hamma uchun ochiq. Uning yashil hududi doimiy aholi bilan gavjum. Hudud muntazam ravishda qo’riqlanadi, yurish va sport uchun qulay va xavfsiz. Shuningdek, ushbu hududlarda muntazam ravishda guruh tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

O‘zbekiston Milliy universiteti bulvari

Bulvar nafaqat o‘quvchilar, balki butun shaharcha aholisi uchun sevimli maskan. Kampus aholisi soni 75 000 nafardan oshiq bo‘lib, har kuni bu bulvarda hayot jo‘shqin kechadi.

Universitet hududida kampuslardan foydalanuvchilar soni bir kunda 120 000 nafarga yetadi – bu esa talabalarning bilimga bo‘lgan chanqoqligi va ilmiy izlanishlarning faol kechayotganini ko‘rsatadi.

Bulvar maydoni talabalar va mehmonlar uchun haqiqiy dam olish va ijod maskani hisoblanadi. Bu yerda foydalanuvchilar kitob o‘qishlari, dars tayyorlashlari, sport va hunarmandchilik bilan shug‘ullanishlari, shuningdek, do‘stlari bilan iliq suhbatlar qurishlari mumkin.

 

68 ta

Hordiq chiqarish uchun o'rindiqlar mavjud

Yashil maydonlar, manzarali daraxtlar va gulzorlar orasida joylashgan. Kechqurunlarda bulvar chiroqlar bilan yoritilib, yanada fayzli va romantik muhit hosil qiladi.

Bu maskan – nafaqat dam olish, balki talabalar hayotining ajralmas qismi, yangi g‘oyalar, ijodiy loyihalar va do‘stliklar tug‘iladigan joydir.

 

Scroll to Top