“Havo va suv mikroflorasi”

mavzusida ochiq dars

O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali “Biotexnologiya kafedrasi” o‘qituvchisi Sobirova Muqaddas tomonidan 291-24 va 292-24-guruh talabalari ishtirokida “Mikrobiologiya” fanidan “Havo va suv mikroflorasi” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

Dars jarayonida talabalarga havo va suv muhitida uchraydigan mikroorganizmlar, ularning turlari, biologik xususiyatlari hamda inson salomatligi va ekologiyaga ta’siri haqida atroflicha tushunchalar berildi. Ochiq dars davomida zamonaviy ta’lim metodlaridan foydalanilib, talabalar bilan interaktiv muloqot olib borildi.

Shuningdek, talabalar mustaqil fikrlashga, ilmiy tahlil qilishga va o‘z bilimlarini amaliyotda qo‘llashga yo‘naltirildi. Dars yakunida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘z savollariga javob olishdi hamda olgan bilimlarini muhokama qilishdi.

 

Mazkur ochiq dars talabalarning fanga qiziqishini oshirish, nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va kelgusidagi ilmiy izlanishlar uchun mustahkam poydevor yaratishga xizmat qildi.

Scroll to Top