Yosh tadqiqotchilarning “Biopak” va “Ecotree” innovatsion loyihalari

Biopak loyihasi

Jarayon murakkab bo‘lsa-da, samarali: oddiy barglar bir nechta texnologik bosqichlardan o‘tkazilib, mustahkam va foydalanishga qulay qog‘oz mahsulotlariga aylanadi. Eng muhim jihati shundaki, ushbu qog‘ozlardan turli maqsadlarda paketlar tayyorlanishi mumkin. “Biopak” mahsulotlari an’anaviy polietilen paketlardan ko‘plab afzalliklarga ega: ular arzon, oziq-ovqat sanoatida xavfsiz tarzda qo‘llanishi mumkin, eng asosiysi esa issiqlik ta’sirida inson salomatligiga zarar yetkazadigan zaharli moddalarni ajratib chiqarmaydi. Shu sababli ushbu loyiha nafaqat ekologiyani muhofaza qilish, balki sog‘lom hayot tarzini qo‘llab-quvvatlashga ham xizmat qiladi.

Asqar Ahtamqulov – O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialining yosh va iqtidorli tadqiqotchilaridan biri, Biotexnologiyalar yo‘nalishining 2-bosqich talabasi hisoblanadi. U ustozlari ko‘magida “Biopak” nomli ijtimoiy ahamiyatga ega loyiha ustida faol izlanishlar olib bormoqda. Ushbu loyiha hazon barglaridan ekologik toza, xavfsiz va arzon narxdagi qog‘oz ishlab chiqarishni maqsad qilgan.

Ecotree loyihasi

Ecotree loyihasi

Mahsulot tashqi ko‘rinishi jihatidan akvariumga o‘xshaydi va odatda odamlar ko‘p yig‘iladigan maydonlarga o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Qurilmani tayyorlashda tabiatda tabiiy ravishda kislorod ishlab chiqaradigan suv o‘tlaridan foydalaniladi. Natijada, bu innovatsion ekotexnologiya nafaqat havoni tozalaydi, balki jamiyatda ekologik madaniyatni yuksaltirishga ham xizmat qiladi.

Mazkur loyihalar O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali yoshlari orasida innovatsion fikrlash, ekologik mas’uliyat va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib, ular kelgusida respublika miqyosida keng qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan dolzarb tashabbuslar sifatida baholanmoqda.

Shu bilan birga, Jizzax filialining boshqa talabalar guruhi tomonidan ham ekologik muammolarni bartaraf etishga qaratilgan innovatsion tashabbus – “Ecotree” loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha mazkur hududning ekologik muvozanatini saqlashga qaratilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi atmosfera havosini tabiiy usulda tozalash. Bundan tashqari, “Ecotree” jazirama yoz kunlarida havo namligini oshirishga ham xizmat qiladi.

Scroll to Top