O‘zMUda ilmiy-innovatsion loyihalarni moliyalashtish yuzasidan uchrashuv tashkil etildi

Joriy yilning 9-iyun sanasida O‘zbekiston Milliy universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Otabek Fozilkarimov, Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev hamda tegishli mas’ullar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchi-olimlarning ilmiy, innovatsion va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, moliyalashtirish va ularni amaliyotga keng jalb etish masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilar ilm-fan va texnologiyalar sohasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan qator tashabbuslarni taqdim etishdi, shuningdek mas’ullar tomonidan ilmiy tadqiqotlarni amaliyotda qo‘llash hamda ularni tijoratlashtirish uchun zarur moliyaviy va resurslar bilan qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, tadbirda ilmiy va innovatsion loyihalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun universitetlar, davlat organlari va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Bu o‘zgarishlar ilm-fan va tadqiqotlarni tijoratlashtirishda, shu jumladan yangi texnologiyalarni ishlab chiqishda va amaliyotga tatbiq etishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Yig‘ilishda ilm-fan sohasini rivojlantirish, ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun taklif va tashabbuslar tinglandi, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng jalb qilish bo‘yicha eng yaxshi amaliyotlar va tajribalar almashildi. Ishtirokchilar ilmiy salohiyatni iqtisodiy o‘sish va rivojlanish uchun qanday foydali resursga aylantirishni muhokama qildilar va bu jarayonni qo‘llab-quvvatlash uchun takliflar bildirdilar.

Natijada, uchrashuv ilm-fan va innovatsiya sohasini yanada rivojlantirish uchun kerakli qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratishga qaratilgan bir qator takliflar va tashabbuslar bilan yakunlandi. Bu tashabbuslar ilmiy izlanishlar va innovatsiyalarni amaliy hayotga tatbiq etishda, shuningdek, universitetlarning va ilmiy tadqiqot markazlarining jamiyat uchun foydali bo‘lishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Scroll to Top