O‘zbekiston Milliy universiteti va Kosmik tadqiqotlar agentligi o‘rtasida aerokosmik va geoinformatika sohasida hamkorlik o‘rnatildi

O‘zbekiston Milliy universitetida tashkil etilgan  “Aerokosmik tadqiqotlar markazi” direktori hamda Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuv davomida ikki tomon ilmiy va amaliy tadqiqotlarni chuqurlashtirish, kelajakda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, xususan, kosmik tadqiqotlar va geoinformatika sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. O‘zbekiston Milliy universiteti va Kosmik tadqiqotlar agentligi o‘rtasida ilmiy va amaliy loyihalarni birgalikda amalga oshirish, natijalarni amaliyotga tadbiq etish va zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish imkoniyatlarini yaratish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, xalqaro darajadagi mutaxassislarni tayyorlash va ilmiy tajriba almashish masalalariga alohida urg‘u berildi. Uchrashuv yakunida geoinformatika va aerokosmik tadqiqotlar sohasida ilmiy hamkorlikni kengaytirish uchun o‘zaro anglashuv memorandumi va kelgusida aniq shartnomalar tuzish masalalari muhokama qilindi. Bu hujjatlar ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish va kadrlar tayyorlash tizimini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Scroll to Top