Pirotexnika xavfsizligi va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik: Yoshlar orasida profilaktik tadbir tashkil etildi
Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti va “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari tomonidan “Pirotexnika – umr zavoli” shiori ostida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbir davomida ishtirokchilarga pirotexnika vositalaridan foydalanmaslik, hududda o‘tkir tig‘li vositalarni olib yurish taqiqlanishi, shuningdek odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qilish zarurligi bo‘yicha batafsil tavsiyalar berildi. Tadbirning asosiy maqsadi nafaqat yoshlarni xavfsiz hayot tarziga o‘rgatish, balki hududlarda yuz berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar, jumladan yong‘in, portlash va boshqa xavfli holatlarga tayyorgarlikni mustahkamlashdir.
Shuningdek, tadbir orqali yoshlar ijtimoiy mas’uliyatni anglab,
xavf-xatarlarni oldini olish, favqulodda vaziyatlarni oldindan aniqlash va ularga tezkor javob berish bo‘yicha ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar. Bu esa o‘z navbatida jamiyatda xavfsizlikni ta’minlash, favqulodda vaziyatlardan kelib chiqadigan salbiy oqibatlarni kamaytirish va iqlim o‘zgarishiga qarshi favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik va rejalashtirish maqsadiga xizmat qiladi.
Shu tariqa, tadbir yoshlar orasida xavfsiz turmush tarzi, mas’uliyatlilik va favqulodda vaziyatlarga tayyor bo‘lish madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. U yoshlarni nafaqat xavfsizlik qoidalariga rioya qilishga, balki jamiyat barqarorligini ta’minlash va iqlim bilan bog‘liq xavf-xatarlarga ongli yondashishga rag‘batlantirdi.