Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida respublika yig‘ilishi o‘tkazildi

2024-yil 17-iyul sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida respublika yig‘ilishi o‘tkazildi.

Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan universitet birinchi prorektori boshchiligida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi mas’ullari, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat tizimini boshqarish” bo‘limi boshlig‘i va uning xodimlari, shuningdek, fakultet dekanlarining o‘rinbosarlari, tyutorlar va boshqa tegishli mutasaddilar qatnashdilar.

Tadbir davomida sohaga oid mutaxassislar tomonidan mavzu yuzasidan batafsil ma’lumot va tushuntirishlar berildi. Xususan, korrupsiyaga qarshi kurashishda xalqaro tajriba, oliy ta’lim muassasalarida shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash mexanizmlari, talabalar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari haqida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, yig‘ilishda universitetlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etish, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, komplayens tizimini kuchaytirish, ta’lim muhitida sog‘lom raqobat va halollik tamoyillarini keng targ‘ib qilish bo‘yicha qator vazifalar belgilab olindi.

Mazkur yig‘ilish nafaqat korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yangi yondashuvlar va tajribalar almashish maydoni bo‘ldi, balki universitetlar faoliyatida halollik va shaffoflik tamoyillarini keng joriy etish yo‘lida muhim amaliy dastur sifatida ahamiyat kasb etdi.

Scroll to Top