O‘zbekiston Milliy universiteti “Yashil kelajak” umumrespublika marafonida ishtirok etdi
Joriy yilning 9-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan “Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida yurtimiz miqyosida muhim ahamiyat kasb etuvchi “Yashil kelajak” umumrespublika marafoni tashkil etildi.
Mazkur yirik tadbirda respublika bo‘yicha barcha oliy va kasbiy ta’lim muassasalari keng ishtirok etdi. Shu jumladan, O‘zbekiston Milliy universiteti rahbariyati, professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ham ushbu ezgu tashabbusda faol qatnashib, o‘zining munosib hissasini qo‘shdi.
Marafon davomida ishtirokchilar ekologik muammolarni hal qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish va aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidladilar. O‘zMU vakillari tomonidan ko‘chat ekish, yashil hududlarni kengaytirish va yoshlar o‘rtasida tabiatga mehr, kelajakka mas’uliyat tuyg‘ularini shakllantirishga qaratilgan tashabbuslar ilgari surildi.
Shu tarzda, “Yashil kelajak” marafoni nafaqat mamlakatimizda ekologik muvozanatni mustahkamlashga, balki yoshlarning ongida barqaror rivojlanish, ekologik xavfsizlik va Vatan ravnaqi uchun mas’uliyat kabi qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qildi.