“Davlat hokimiyatinining bo‘linish tizimida Konstitusiyaviy sudning o‘rni” mavzusida ilmiy-amaliy davra suhbati o‘tkazildi

Joriy yilning 8-may sanasida O’zbekiston Milliy universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi hamkorligida “Davlat hokimiyatinining bo‘linish tizimida Konstitusiyaviy sudning o‘rni” mavzusida ilmiy-amaliy davra suhbati o‘tkazildi. Mazkur tadbirda davlat hokimiyati bo‘linish tizimining bugungi kun nuqtai nazaridan Konstitutsiyaviy sudning roli va ahamiyati keng muhokama qilindi.

Tadbirda, avvalo, Konstitutsiyaviy sudning asosiy funksiyalari, sudning davlat hokimiyatining to‘g‘ri va adolatli ishlashini ta’minlashdagi o‘rni juda muhimligi, chunki Konstitutsiyaviy sud, birinchi navbatda, davlat qonunlari va konstitutsiyaviy tartiblarni amalda saqlash va muvofiqligini nazorat qilish vazifasini bajarishi. Shu bilan birga, sudning huquqiy nazorat va konstitutsiyaviy qonunlarni ta’minlashdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi, bu esa qonun ustuvorligini va fuqarolarning huquqlarini himoya qilishda juda muhimdir.

Bundan tashqari, tadbirda Konstitutsiyaviy sudning mustaqilligi ham muhim muhokama mavzusiga aylandi. Sudning siyosiy bosimlardan himoya qilinishi va uning faoliyatining mustaqil bo‘lishi davlatning huquqiy tizimi va demokratik jarayonlar uchun zarur shartlardan biridir. Sudning samarali ishlashini ta’minlash uchun, uning mustaqilligi va ob’ektivligi saqlanishi kerak, bu esa sudning yuqori darajada professional va adolatli qarorlar qabul qilishiga imkon yaratadi.

Umuman olganda, tadbirda Konstitutsiyaviy sudning davlat hokimiyati bo‘linish tizimida tutgan o‘rni, uning amaldagi qonunlar, huquqiy tizim, fuqarolarning huquqlarini himoya qilish va ijtimoiy adolatni ta’minlashdagi muhim roli to‘liq yoritildi. Bu kabi ilmiy-amaliy tadbirlar esa, o‘z navbatida, huquqiy madaniyatni rivojlantirish va demokratik jamiyat qurishda muhim qadamdir.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Scroll to Top